
Anchelotti Benzemaga maslahat berdi
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Karim Benzema navbatdagi "Oltin to‘p" haqida o‘ylashi kerakligini aytdi. Eslatib o‘tamiz, kuni kecha frantsiyalik futbolchi faoliyatidagi ilk shunday sovrinni qo‘lga kiritdi.
“Biz Benzema bilan juda faxrlanamiz va bu “Oltin to‘p” yana bizniki ekanligidan xursandmiz. Karim boshqa o‘ylar bilan band emas. U navbatdagi “Oltin to‘p”ni qanday qo‘lga kiritish haqida o‘ylashni boshlashi kerak”, — dedi Anchelotti.
Benzema joriy mavsum La Ligada 4 ta gol urdi. O‘tgan turdagi "Barselona"ga qarshi o‘yinda frantsiyalik futbolchi o‘z hisobiga navbatdagi golni yozdirib qo‘ydi va jamoasiga 3:1 hisobida g‘alaba qozonishga yordam berdi.
Fikrlar