Anchelotti bu futbolchini yo‘qotmoqchi emas...

  • 20 mart, 2024, 18:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti iste’dodli yarim himoyachi Braim Dias klubda qolishini istayapti. Bu haqda taniqli jurnalist Ekrem Konur ma’lum qildi.

Tecno

Uning ta’kidlashicha, italiyalik mutaxassis 24 yoshli futbolchi bilan hamkorlik qilishni davom ettirish istagida.

Brais Dias kelasi yoz Madriddan ketib qolishi mumkin. Hozirning o‘zida unga “Milan”, “Liverpul”,  “Manchester Yunayted” va “Arsenal” kabi qudratli klublar o‘z safidan joy berishga tayyorligi haqida ma’lumotlar bor.

Braim Dias joriy mavsumda barcha turnirlarda 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga sakkizta gol va to‘rtta assist rasmiylashtirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!