Anchelotti: Bu o‘yinchi futboldagi qarashlarimni o‘zgartirib yuborgan

  • 20 yanvar, 2024, 15:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ni muvaffaqiyatlarga etaklayotgan italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti o‘zi ishlagan futbolchilar orasidan eng zo‘r o‘yinchi kimligini aytdi.

Tecno

- Zinedin Zidan men birga ishlagan eng kuchli futbolchi. Uning mashg‘ulotlarda avlbovar qilmas ishlarni amalga oshirar edi. Bunaqasini hech qachaon ko‘rmaganman, - dedi Karlo Anchelotti.

Tajribali murabbiy “Yuventus”ni boshqargan davrda Zinedin Zidan ham Turin klubi sharafini himoya qilgan. Anchelotti frantsiyalik futbolchi uning futboldagi qarashlarini o‘zgartirganini tan olgan.

- Zidan futboldagi tasavvurlarimni o‘zgartirib yubordi va turli taktik o‘zgarishlarni qo‘llashimga sababchi bo‘ldi. “Yuventus”dagi faoliyatimga qadar men asosan 4-4-2 sxemasini qo‘llardim. Lekin Zinedin buni o‘zgartirdi.

Men Zidanga maydonda ideal joy topishim kerak edi. U beixtiyor menga yangi sxemalar va ulardan foydalanish imkoniyatini taqdim qildi, - degan edi Karlo Anchelotti.

64 yoshli mutaxassis bosh murabbiy sifatida Evropaning top-chempionatlarining barchasi, A Seriya, Premer-liga, Liga 1, Bundesliga va La Ligada etakchi jamoalarni boshqarib, katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!