Anchelotti "Everton"dagi kelajagi haqida gapirdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti shartnomasining so‘nggiga qadar mersisaydliklar safida qolmoqchi ekanligini ma’lum qildi. Mutaxassis "Milan"dan tashqari hech bir klubda 2 yildan uzoq ishlamagan. 

"Men "Everton"da shartnomam oxirigacha mehnat qilaman. Bunaqasi ilk marta bo‘ladi, sababi men "Milan"dan boshqa hech qaysi jamoada ikki yildan ko‘p qolmaganman. "Everton"dagi faoliyatimni sovrinlar yutgan holda yakunlamoqchiman", - dedi Anchelotti "Liverpool Echo"ga bergan intervyusida.
 
Eslatib o‘tamiz, Anchelotti boshchiligidagi mersisaydliklar ayni damda APL turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!