Anchelotti: "La Ligada hali g‘olib nomi ma’lum emas, shoshilmaslik kerak"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Real Valyadolid"ga qarshi bahs so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi. Mutaxassis ichki chempionatdagi kurash va Mbappening holati haqida gapirdi.
“Avvalambor, La Ligada hali g‘olib nomi aniqmas – hali uzoq yo‘l bor. Biroq, biz xuddi shu ruhda davom etishimiz kerakligini bilamiz.
Asensio haqida nimalar deysiz? Raul so‘nggi uchrashuvlarda yaxshi harakat qilmoqda. U qanotda o‘ynashga o‘rganmagan. Shunday bo‘lsa ham u tezkor va diqqatli futbolchiligini ko‘rsatmoqda.
Alaba juda yaxshi mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda va ritmga ega bo‘lmoqdi. Tez orada u asosiy tarkibda maydonga tushadi. Hech qanday shoshqaloqlik yo‘q.
"Mbappe o‘zining eng yaxshi holatiga qaytdi va so‘nggi bir necha oy ichida tezligini oshirdi. Ko‘proq gol urib g‘alaba qozongan bo‘lsak, odamlar o‘yin oson bo‘lganini aytishadi. Biroq har bir uchrashuv qiyin bo‘lmoqda. Har bir raqib sizni mag‘lub etishni xohlaydi va siz uchun alohida tayyorgarlik ko‘radi” - dedi italiyalik murabbiy.



Fikrlar