
Anchelotti mag‘lubiyat haqida: “Bu shunchaki o‘rtoqlik o‘yini”
“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Barselona”dan (2:1) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini aytdi.
“Biz tayyorgarlikni davom ettirmoqdamiz va futbolchilar asta-sekin qaytishmoqda. Bu o‘yinlar ularga o‘ynash vaqtini berish uchun yaxshi."
"Ikkita mag‘lubiyat? Biz xavotir olmayapmiz, bu shunchaki mavsumoldi o‘yinlari va natijalar biz uchun muhim emas.
Mavsum oldidan o‘yinchilarni mavsumga tayyorlash kerak. Ushbu o‘yinlar o‘yinchilarga shakllanishga yordam beradi. 7 avgust kuni tayyorgarlikning boshqa jihatlariga e’tibor qaratamiz.
Vinisius yozda qattiq mehnat qilgani uchun yaxshi sport formada qaytdi.
“Lunin? Kurtua bugun o‘ynadi, ko‘ramiz, keyingi o‘yinda kim maydonga tushadi”,- dedi Italiyalik mutaxassis.
Fikrlar