Anchelotti: Mbappe? Nega bo‘lmasligi kerak?

  • 18.10.2022 19:40
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kelajakda Kilian Mbappe “qirollik klubi” safiga qo‘shilishini inkor etmadi. Eslatib o‘tamiz, so‘nggi paytlarda frantsiyalik futbolchi PSJni tark etmoqchiligi va parijliklar bilan shartnomani uzaytirish qaroridan afsusda ekanligi haqida mish-mishlar tarqaldi.

"Kilian Mbappe? Kelajakda nima bo‘lishini bilmayman. Bizda Vinisius, Rodrigo, Kamavinga, Valverde va Militao bor. Bu futbolchilar allaqachon klub tarixiga o‘z nomini yozib qo‘yishdi. Nega Mbappe ham bo‘lmasligi kerak", - dedi Anchelotti.

Avvalroq, Mbappe qishda PSJni tark etmoqchiligi haqidagi mish-mishlarni inkor etgan edi. Futbolchining parijliklar bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!