Anchelotti o‘yindan avval Mbappening holati va "Atletiko"ning rejasi haqida gapirdi

  • 13 mart, 00:41
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Atletiko”ga qarshi bahs boshlanishiga bir necha daqiqa qolganda intervyu berib, Mbappe asosiy tarkibdan joy olgani va raqibning rejasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"Kilian Mbappe juda yaxshi holatda. U bo‘lajak uchrashuvga 100% tayyorligini ta’kidlash joiz. 

Kylian Mbappe of Real Madrid arrives at the stadium prior to the UEFA Champions League 2024/25 Round of 16 second leg match between Atletico de...
 
"Atletiko"ning rejasi? Ular bizni birinchi daqiqalardanoq bosib olishadi, bizni barcha zonalardan siqib chiqarishga harakat qilishadi” - deya ta’rif berib o‘tdi italiyalik mutaxassis. 
 
Xabaringiz bor, boshlang‘ich tarkiblar e’lon qilinmasdan avval frantsiyalik hujumchining o‘yinda ishtirok etishi noma’lum edi. Unda kichik jarohat borligi aytilayotgan edi, lekin jamoa bosh murabbiyi yulduzni navbatdagi bahsgacha tayyor bo‘lganini aytdi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Chempionlar ligasi doirasidagi ilk derbida “qirollik klubi” 2:1 hisobida zafar quchgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!