Anchelotti o‘zidan norozi futbolchilarning “ta’zirini berdi”

  • 22 oktabr, 2023, 12:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning bir necha futbolchilari bosh murabbiy Karlo Anchelotti ularni boshqa pozitsiyada o‘ynayotganidan shikoyat qilgan qilgan edi.

Tecno

Italiyalik tajribali murabbiy bu masalaga munosabat bildirib, har kimni qaerda o‘ynatishni o‘zi hal qilishini va jamoa muvaffaqiyati uchun ayrim futbolchilarni “qurbon” qilishini uqtirdi.

- Men futbolchi qaysi pozitsiyada o‘ynashni istayotganini bilish juda muhim, deb hisolayman. O‘zimga qolsa, hech qachon o‘yinchini unga yoqmagan joyda o‘ynatmayman. Biroq shunday vaziyatlan bo‘ladiki, jamoa uchun shu ishni qilishga to‘g‘ri keladi. Shu bois Kamavinga, Tchuameni yoki Rodrigo singari o‘yinchilar o‘zlarini jamoa uchun “qurbon” qilishlari talab etiladi.

Rodrigo bir marta markaziy hujumchi vazifasini bajardi. Men jamoa ehtiyojidan kelib chiqib qaror qilaman. Tabiiyki, agar Kamavingani himoyada o‘ynatmoqchi bo‘lsam, uni oldindan ogohlantiraman, - dedi Karlo Anchelotti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!