Anchelotti: “Raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar, Chempionlar ligasidagi yo‘limizni davom ettirmoqchimiz”

  • 12 mart, 16:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Atletiko"ga qarshi javob bellashuvidan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi. Mutaxassis bo‘lajak uchrashuv, bir necha futbolchilarning holati va Diego Simeone haqida gapirdi. 
 
“Biz hozirgi kunda yaxshi ishlayapmiz, motivatsiyamiz bor. Bu qiyin o‘yin bo‘ladi, ammo biz Chempionlar ligasi yo‘lini davom ettirishimizga ishonchimiz komil. Bu biz uchun alohida turnir. 
 
Braim yoki Modrich? Tarkibda 11 nafardan ortiq o‘yinchi bor va o‘ynamayotganlar ham albatta o‘z hissasini qo‘shadilar, yaxshi amalga oshirilgan almashtirish o‘yinda o‘zgarish qilishi mumkin. 

Carlo Ancelotti, head coach of Real Madrid, attends a press conference during the training day of Real Madrid ahead the UEFA Champions League, Round...
 
Raqibimiz kim bo‘lishidan qat’i nazar, chorak finalga chiqishni istaymiz. Penaltilar seriyasi? Buni mashq qilish oson emas, chunki siz o‘yindagi atmosferani va psixologik bosimni takrorlashingiz kerak, bu mashg‘ulotlarda mumkin emas. Ayni damda, bu haqda o‘ylayotganimiz yo‘q. 
 
Ertaga nima muhimroq – yugurishmi yoki o‘zgarishmi? Agar ko‘p yugursang, hisobni tenglashtirishing mumkin, agar yaxshi o‘ynasang, o‘yinda g‘alaba qozonishing mumkin. 
 
O‘yinchilar g‘alaba uchun mas’uldirlar va mag‘lubiyatlar uchun ham (kuladi). 

Carlo Ancelotti, head coach of Real Madrid, attends a press conference during the training day of Real Madrid ahead the UEFA Champions League, Round...
 
Biz to‘p bilan va to‘psiz nima qilishimizga e’tibor qaratishimiz kerak. Motivatsiya va bosim juda yuqori bo‘ladi. O‘yinchilar texnik va taktik jihatlarga e’tibor qaratishlari kerak. Qolganlari ularga bog‘liq. 
 
Diego Simeone? Menimcha, u ajoyib murabbiy. Futbol haqidagi fikrlarimiz juda o‘xshash. 
 
Esimda bo‘lishicha, “Atletiko”ga qarshi barcha o‘yinlarimiz keskin va raqobatli kechgan. Ertaga ham shunday bo‘ladi, hammasini mayda detallar hal qiladi” – dedi italiyalik mutaxassis.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!