
Anchelotti “Real”ga Osiyodan yangi o‘yinchi tanladi
“Real” yangi mavsum oldidan himoyachi olishga majbur bo‘lmoqda. Bu jamoa sardori Nacho Fernandesning ketgani va David Alabaning jarohatdan qutila olmagani ortidan himoya chizig‘ida muammo kelib chiqayotgani bilan bog‘liq.
Madridliklar bosh murabbiy Osiyoda o‘ynab yurgan taniqli markaziy himoyachi Emerik Laportni Evropaga qaytarishni rejalashtiryapti.
Saudiya Arabistoni professional ligasida Krishtianu Ronaldu bilan birga “An-Nasr” sharafini himoya qilayotgan bilan 30 yoshli ispan futbolchining o‘zi ham yana ortga qaytishga qarshi emas.
Professional darajada “Atletik” va “Manchester iti”da o‘ynagan Emerik Laport o‘tgan yili yozda Saudiyaga ko‘chib o‘tgandi.
Tajribali himoyachining riyodliklar bilan yana ikki yillik bitimi bor. Uning transfer summasi 20 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar