Anchelotti Saudiya Arabistonida ishlashga qiziqmayapti

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyalik mashhur mutaxassis Karlo Anchelotti Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan birga JCh-2018ga borishga qiziqmayapti. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaning yozishicha, “Milan”, PSJ, «Chelsi», «Bavariya» va «Real» kabi klublarda faoliyat olib borgan 58 yoshli mutaxassis garchi katta mablag‘ taklif etilayotgan bo‘lsada ushbu terma jamoada ishlashni istamayapti.

Eslatib o‘tamiz, Saudiyaliklar dastlab mamlakatni mundialga olib chiqqan gollandiyalik Bert van Marveykni iste’foga chiqarishgan bo‘lishsa, keyinroq, uning o‘rniga tayinlangan argentinalik mashhur mutaxassis Edgardo Bausani ham o‘z lavozimidan ozod etishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!