Anchelotti sensantsion mag‘lubiyat sababini aytdi

  • 3 oktabr, 2024, 07:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqich ikkinchi turida amaldagi chempioni “Real” Frantsiyada “Lill”dan mag‘lubiyatga uchratdi.

Madridliklar darvozasiga kiritilgan yagona golga “Barselona” nishonida turgan kanadalik hujumchi Jonatan Devid mualliflik qildi.

Uchrashuvdan keyin “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mag‘lubiyat sababini aytdi.

- Bu o‘yinni tahlil qilish qiyin. Biz barcha jihatlarda yomon o‘ynadik. O‘yinda xavfli vaziyatlar yarata olmadik, to‘p bilan juda sekin harakat qildik, biror g‘oya ko‘rinmadi ham.

Bunaqa uchrashuvda sekin harakat qilish ortida katta muammolar kelib chiqadi. Bu biz uchun juda yomon o‘yin bo‘ldi. Hissiyotlarimiz ham salbiyliga qoldi, - dedi Karlo Anchelotti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!