"Andijon" - "So‘g‘diyona". Hozircha kuchlar teng

  • 16 oktabr, 2020, 16:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 18 oktyabr kuni “Andijon” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni qabul qiladi. Biz esa jamoalarning shu kungacha o‘tkazgan o‘zaro uchrashuvlar tarixini yana bir bor yodingizga solib o‘tamiz.

“Andijon” va “So‘g‘diyona” jamoalari shu kungacha milliy chempionatimiz doirasida 41 marotaba bahs olib borishgan.

O‘tkazilgan 41 ta uchrashuvning 16 tasida “Andijon” jamoasi ustun kelgan bo‘lsa, jizzaxliklar ham 16 ta uchrashuvni g‘alaba bilan yakunlashgan. Qolgan 9 ta uchrashuvda esa kuchlar teng keldi. “Andijon” jamoasi jizzaxliklar darvozasini 60 marotaba ishg‘ol etib, o‘z darvozasidan 58 ta gol o‘tkazib yuborgan – to‘plar nisbati - 60:58.

“Andijon” jamoasining “So‘g‘diyona” ustidan eng yirik g‘alabalari 4:1, 3:0. Eng yirik mag‘lubiyati 0:5.
Ushbu jamoalarning o‘zaro uchrashuvidagi eng sermahsul bahs 2000 yilda bo‘lib o‘tgan bo‘lib, unda darvozalar 8 marotaba ishg‘ol etilgan va 4:4 hisobi qayd etilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!