
"Andijon" Antaliyada Evropa klublariga qarshi o‘ynaydi
“Andijon” qishki yig‘inning ikkinchi bosqichini xorijda o‘tkazadi.
22 yanvardan 26 fevralga qadar Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkillashtiriladi. U erda davom etadigan 35 kunlik tayyorgarlik jarayonida “Burgutlar” 9 ta nazorat uchrashuvini o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Hozirga qadar 7 ta sparring-raqiblar nomi ma’lum. E’tiborlisi, “Andijon” Antaliyada asosan Evropa klublariga qarshi bahs olib boradi. Tez orada yana ikkita raqib nomi ma’lum bo‘ladi. Bir kunda ikkitadan o‘yin ham belgilangan.
“Andijon” jamoasining Antaliyada o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi raqiblari:
25 yanvar. “Andijon” – “LKS Lodz” (Polsha)
29 yanvar. “Andijon” – “Vorskla” (Ukraina)
2 fevral. “Andijon” – “Borats Banya-Luka” (Bosniya va Gertsegovina)
7 fevral. “Andijon” - “ASK Voytsberg” (Avstriya)
7 fevral. “Andijon” – “Raufoss” (Norvegiya)
13 fevral. “Andijon” – “FK Zelin” (Chexiya)
17 fevral. “Andijon” – Vishista Krakov” (Polsha)
Fikrlar