"Andijon" bugun Rossiya premer-ligasi jamoasiga qarshi maydonga tushadi

  • 03.02.2023 11:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Andijon” ning Antaliyadagi yig‘ini doirasidagi ikkinchi nazorat uchrashuvi 3 fevral kuni Voronejning “Fakel” klubiga qarshi bo‘lib o‘tadi. Ushbu jamoa Rossiya premer-ligasida 13-o‘rinda boryapti.

12 yanvardan “Fakel” Antaliyadagi yig‘inini boshlagan. Dastlab Serbiyaning “Spartak Subotitsa” jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Navbatdagi o‘yinini Serbiyaning yana bir klubi – “Grafichar”ga qarshi o‘tkazdi. Akbashev va Ershovning gollari evaziga “Fakel” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

30 yanvar kuni uchinchi nazorat uchrashuvida Bolgariyaning “Slaviya” jamoasi bilan bellashdi. Avvaliga Akbashev 5-daqiqada hisobni ochdi. Dimitirov 57-daqiqada muvozanatni tiklaganiga qaramay, Markov 68-daqiqada “Fakel”ni yana hisobda oldinga olib chiqdi – 2:1. Ushbu natija uchrashuv oxirigacha o‘zgarmay qoldi.

3 fevral kuniga “Fakel” ikkita o‘yin rejalashtirgan. Dastlab “Andijon” bilan, so‘ngra kunning ikkinchi yarmida “Chayka” klubiga qarshi maydonga tushadi.

uyin

“Fakel” klubini rossiyalik 47 yoshli mutaxassis Dmitriy Anatolevich Pyatibratov boshqarib kelmoqda. U bosh murabbiy sifatida 2022 yilning 18 sentyabridan ish boshlagan. Aslida Pyatibratov “Fakel”da 2020 yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelyapti. Bungacha murabbiylar shtabida ishlab kelgan. Aytish lozimki, u bosh murabbiy sifatida “Fakel”da debyutini boshlagan.

“Andijon” – “Fakel” jamoalari ishtirokidagi uchrashuv 3 fevral kuni, Belekdagi “Titanik Deluxe Football Center” stadionida mahalliy vaqt bilan 11:30 da boshlanadi. Toshkent vaqtiga 13:30 ga to‘g‘ri keladi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!