"Andijon" legioner futbolchisi bilan xayrlashdi

  • 02.09.2025 23:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mavsum boshida “Andijon” safiga qo‘shilgan sloveniyalik 23 yoshli yarim himoyachi Altin Kreziu jamoa bilan xayrlashdi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Aytish lozimki, har ikki tomonning o‘zaro kelishuviga ko‘ra amaldagi shartnoma bekor qilindi. 

Kreziu “Andijon” tarkibida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Klub Altinga jamoadagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi hamda uning keyingi faoliyatiga omad tiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!