"Andijon" legioneri terma jamoaga chaqirildi

  • 9 mart, 2023, 23:51
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda “Andijon” jamoasiga taklif qilingan va shartnoma tuzgan tojikistonlik tajribali himoyachi Axtam Nazarov O‘zbekiston Superligasida debyutini o‘tkazganidan xabardorsiz. U “Andijon” libosidagi dastlabki rasmiy bahsda “Nasaf” ustidan muhim g‘alaba qo‘lga kiritilishida salmoqli hissasini qo‘shdi va shu tariqa uning debyuti muvaffaqiyatli chiqdi.

Bilasiz, Axtam Tojikiston milliy terma jamoasining etakchilaridan biri hamda sardori hisoblanadi. Yaqinda Tojikiston terma jamoasi BAAning Dubay shahrida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.

U erda ikkita nazorat o‘yini tashkillashtirilgan. Jumladan, Tojikiston 25 mart kuni BAAga, 28 mart sanasida esa Quvayt terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

andijon yangi_1

Shu bois Tojikiston termasi bosh murabbiyi Petr Segrt Nazarovni ham ushbu yig‘inga jalb qilgan. Bu borada Tojikiston futbol federatsiyasidan “Andijon” klubiga rasmiy taklifnoma keldi.

“Andijon”ning 3-turda “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuvidan keyin Nazarov Tojikiston terma jamoasi ixtiyoriga jo‘nab ketadi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!