"Andijon" legioneri terma jamoasining sardori sifatida o‘yin o‘tkazdi
Xabaringiz bor, FIFA kunlari munosabati bilan terma jamoalar rejalashtirilgan o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazdilar.
Oldin xabar berganimizdek, Tojikiston terma jamoasi 25 hamda 28 mart kunlariga BAA va Quvayt terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini kelishib qo‘ygandi.
Dastlab BAAga qarshi uchrashuvida hisob ochilmagandi. Quvayt bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda esa tojikistonliklar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdilar. Ushbu bahsda “Andijon” a’zosi Axtam Nazarov terma jamoa sardori sifatida harakat qildi.
Umuman olganda, Superligamizda o‘ynayotgan tojikistonliklardan 4 nafari maydonga tushirildi. Yagona golni 90-daqiqada OKMKning sobiq futbolchisi Alisher Jalilov kiritdi. Shuningdek, ushbu o‘yinchi bahsning oxirida maydondan chetlatildi.
Tojikiston: Rustam Yatimov, Siyovush Asrorov (Shaxrom Samiev, 74), Zoir Jo‘raboev, Manuchexr Safarov, Axtam Nazarov, Amirbek Jo‘raboev, Tabrez Islomov (Muhammadjon Rahimov, 46), Shervoni Mabatshoev (Alisher Jalilov, 46), Exsoni Panshanbe, Parvizjon Umarboev, Manuchexr Jalilov.
Gollar: Bader Tarek Ali, 9 - 1:0. Shabayb Al-Xaldi, 61 - 2:0 Alisher Jalilov, 90 - 2:1.

Fikrlar