"Andijon" "Navbahor"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi

  • 11 oktabr, 2020, 22:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda chempionatning navbatdagi turiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan “Andijon” jamoasi 12 oktyabr kuni Namanganda “Navbahor”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi.

Tecno

Ma’lumki, Superliga doirasida Andijonda va Namanganda bo‘lib o‘tgan vodiy derbisida darvozalar daxlsizligi saqlab qolingandi.

Jamoasining tayyorgarligi haqida to‘xtalgan bosh murabbiy Baxtiyor Hamidullaev namanganliklar bilan bo‘ladigan uchrashuvdan nima kutayotganini ham aytib o‘tdi.   

- Oldimizda “So‘g‘diyona”ga qarshi jiddiy o‘yinimiz bor. Jizzaxliklar oxirgi uchta o‘yinning ikkitasida g‘alaba qozondi, bittasida durang o‘ynadi. Ammo jamoamiz ham uchta uchrashuvdan beri yutqazmayapti. Ishonamanki, juda qiziqarli o‘yin bo‘ladi. Biroq yomoni shundaki, 3-4 nafar futbolchimizda jarohat bor.

Ertaga “Navbahor” bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushamiz. O‘rinbosarlardagi yoshlarni ham ertangi  bahsda sinab ko‘ramiz. Asosiy tarkibni aniqlashtirib olish uchun ham bu o‘yin bizga kerak, - dedi Baxtiyor Hamidullaev.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” navbatdagi turni 18 oktyabr kuni o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!