
"Andijon" o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi
Dukentdagi “Yangiobod” o‘quv-mashg‘ulot bazasida tayyorgarligini davom ettirayotgan “Andijon” jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishi rejalashtirilgandi.
Unga ko‘ra, ertaga Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi jamoa a’zolari Toshkentda “Bunyodkor” o‘rinbosarlariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Ushbu bellashuv “Bunyodkor” akademiyasi maydonida soat 16:00 da boshlanadi.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar