
Andijon shahri kikboksing bo‘yicha nufuzli turnirga mezbonlik qiladi
25-28 avgust kunlari Andijon shahrida O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan kikboksing bo‘yicha o‘ziga xos turnir tashkil etiladi.
Ya’ni, mustaqilligimizning 30 yilligiga bag‘ishlangan, Milliy gvardiya qo‘mondoni kubogi uchun bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Ushbu musobaqada 13 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh va mahoratli sportchilar hamda milliy gvardiya xodimlari ishtirok etadi.
Shuningdek, mazkur turnirdan o‘ziga xos gala-finallar hamda shou dasturlari o‘rin olgan.
Fikrlar