"Andijon" Tojikistondagi yig‘inida dastlabki o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi

  • 13 yanvar, 2024, 22:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tojikistonda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan “Andijon” u erda nazorat uchrashuvlarini o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.

Tecno

Shu maqsadda 15 yanvar sanasiga o‘rtoqlik o‘yini belgilangan. Shu kuni jamoa a’zolari Tojikiston chempionatining etakchi klublarida biri “Xo‘jand”ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu jamoa o‘tgan yili 22 ochko jamg‘arib, chempionatni 6-o‘rinda yakunladi.

Ushbu jamoalar o‘tgan yilning 20 iyul sanasida Xo‘jandda o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishgan va 59-daqiqada Nozim Bobojonovning goli evaziga mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgan.

andijon xo‘jand

Ma’lumot sifatida shuni ta’kidlamoqchimizki, yaqinda “Xo‘jand”ga bosh murabbiy sifatida Rustam Xodjaev qaytarildi. Undan avval esa bosh murabbiylikka rossiyalik taniqli mutaxassis Yuriy Syomin nomzodi ham ilgari surilgan. Biroq mutaxassis rad javobini bergan.

“Andijon”ning “Xo‘jand”ga qarshi uchrashuvi 15 yanvar kuni soat 11:00 da boshlanadi.

"Andijon" matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!