
Andijon viloyati hokimi muxlislar bilan uchrashdi va jamoaning yangi mavsumdagi o‘yinlarini stadiondan kuzatishini ma’lum qildi
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov "Andijon" futbol klubi a’zolari bilan uchrashdi.
"Bobur arena" o‘yingohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda viloyat hokimi jamoaning holati va amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib chiqdi.
Suhbat davomida "Andijon" futbol klubi ta’sischisi Jur’atbek Quvvatov jamoaning kelajagi va amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi hamda Andijonda futbolni yanada yuksaltirish va "Andijon" futbol klubini xalqning kayfiyatini ko‘taruvchi etakchi jamoaga aylantirish haqida so‘z bordi.
Shuhratbek Qo‘shaqboevich yangi mavsumda jamoaning uy uchrashuvlarini bevosita maydondan turib kuzatishini va jamoamizni doim qo‘llab- quvvatlashini ma’lum qildi.
Fikrlar