
"Andijon"ni rasman ikki nafar futbolchi tark etdi
“Andijon” yozgi selektsiya ishlarini davom ettiryapti. Tarkibga qo‘shilayotgan o‘yinchilar bilan bir qatorda jamoa bilan xayrlashayotgan futbolchilar ham bor.
Jumladan, joriy mavsum avvalida klub safiga qo‘shilgan makedoniyalik 29 yoshli yarim himoyachi Demir Imeri bilan o‘zaro kelishgan holatda amaldagi shartnoma bekor qilindi. Futbolchi yarim mavsum mobaynida “Andijon” libosida hammasi bo‘lib 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va bitta golli assistni amalga oshirdi.
Shuningdek, "Andijon"ga 2022 yilning yozida qo‘shilgan Suhrob Berdiev bilan ham o‘zaro kelishgan holatda amaldagi shartnoma bekor qilindi. Suhrob o‘tgan ikki yil mobaynida jamoa tarkibida jami 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblar darvozasiga 5 ta gol urdi.
Ta’kidlash kerakki, har ikkala futbolchi bilan do‘stona ravishda xayrlashildi.
"Andijon" matbuot xizmati.
Fikrlar