"Andijon"ning Turkiya yig‘inidagi raqiblari ma’lum bo‘lmoqda. Ulardan biri Rossiya premer-ligasi vakili

  • 23 yanvar, 2023, 14:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” jamoasi 27 yanvardan 17 fevralga qadar Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.

Tecno

Klub matbuot xizmatining xabara berishicha, ushbu tayyorgarlik bosqichi doirasida bir qator nazorat o‘yinlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Hozirda 4 ta nazorat uchrashuvlari ma’lum bo‘lib ulgurdi. Jamoaning Antaliyadagi dastlabki o‘yini 31 yanvarda bo‘lib o‘tadi. Shu kuni Ruminiyaning “Chiksereda” "Andijon" uchun sparring-raqib vazifasini bajaradi.

“Andijon”ning navbatdagi nazorat uchrashuvi 3 fevral kuniga belgilangan bo‘lib, Rossiya premer-ligasi vakili Voronejning “Fakel” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

12 fevral kuni esa Xomyakov jamoasi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Dastlab Rossiya birinchi divizion qatnashchisi hisoblangan Moskvaning  “Veles” klubiga qarshi o‘yin o‘tkazilsa, kunning ikkinchi yarmida Gruziyaning oliy divizion qatnashchisi “Samtredia” jamoasiga qarshi bahs bo‘lib o‘tadi.

Bulardan tashqari, yana bir qator o‘rtoqlik bellashuvlari ham tashkillashtiriladi. Qolgan raqiblar nomi ma’lum bo‘lishi bilanoq bu borada rasmiy sahifalarimiz orqali xabar beramiz, - deya xabar bermoqda "Andijon" matbuot xizmati. 

turkiya_2

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!