Andrey Kanchelskis Andijonda!

  • 21 iyun, 2020, 19:38
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda Andijondagi “Sog‘lom avlod” stadionida Coca-Cola Superliganing 5-tur doirasida “Andijon” Bekobodning “Metallurg” klubini qabul qilmoqda.

Tecno

Qizig‘i shundaki, ushbu bellashuvni “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis ham “Sog‘lom avlod” stadionida diqqat bilan kuzatib bormoqda. Boisi, namanganliklar keyingi turda aynan “Metallurg” maydonida o‘ynashadi. Tabiiyki, rossiyalik murabbiy bo‘lajak raqibining o‘yin uslubini yaqindan o‘rganmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” 5-tur doirasida 20 iyun kuni “Buxoro”ni qabul qilib 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Axmedov
21/06/2020 20:24
Курдими Канчельскис Навбахор килолмаган уролмаган голни металлург кандай уряпти кадай тезлик ва аниклик максадни кара фойдали узатмалар . Навбахордачи тушунарсиз хатолар куп бухоро билан булган уйини йомон асабимга тегди расво фудбол уйнади Навбахор
Mirali Hcerali
21/06/2020 21:17
Навбахор ютиб келади метални ишонмаганга гаров 1милл йондан уйнайман