Andrey Kanchelskis: Eldor Shomurodov ham tavakkal qilsa bo‘ladi

  • 19 aprel, 2020, 15:24
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Namanganning “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis bir necha kun avval Rossiyaning “Sport-Ekspress” nashriga intervyu berdi. Jurnalist mutaxassisga shunday savol berdi:

- O‘tgan yilning yozida mahoratli hujumchi Fyodor Chalovning TsSKAdan “Kristal Pelas” tarkibiga qo‘shilishiga bir bahya qolgandi. Sizningcha, u Angliyada o‘ynab keta olarmidi?

- “Kristal Pelas” Londonning boy an’analarga ega bo‘lgan klublaridan biri. Ushbu jamoada Roy Xojson bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda va uning tarkibidan mahoratli futbolchilar joy olishgan. Fyodorning o‘rnida bo‘lganimda, o‘sha transferni amalga oshirish uchun qo‘ldan kelganicha harakat qilardim. Axir TsSKA va APL turlicha olam.

O‘z vaqtida men ham tavakkalga qo‘l urganman. Axir, “Shaxtyor”da o‘zimni juda yaxshi his qilardim. O‘shanda Donetskda 2 xonali kvartiram bor edi va menga “Volga” avtomobili berishgandi. Shuningdek, MYudagiga qaraganda, “Shaxtyor”da ko‘proq maosh olardim. Shunday bo‘lsa-da, tavakkal qilishga ahd qildim va bu ishim o‘zini oqladi.

Odil Ahmedov bu yil "Shanxay SIPG" bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng "Navbahor"ga keladimi? - Andrey Kanchelskisdan javob

shomu_1

– “Rostov” jamoasiga ajoyib tarzda moslashib olgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov ham tavakkalga qo‘l ursa bo‘ladimi?

- Bo‘lmasam-chi? Eldor Shomurodov yaxshi o‘yin namoyish eta oladigan futbolchi. Shuning uchun u ham tavakkal qilib, boshqa chempionatlarda o‘zini sinab ko‘rsa bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
fc.navbahor
20/04/2020 21:59
Albatta Eldor alaqachon ketish kerak edi kuchli beshlikka