
Andrey Kanchelskis: O‘zbekiston MTJda yaxshi futbolchilar ko‘p. Bizga juda qiyin bo‘ladi. Men u erda ishlaganman, bilaman
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 13 noyabr kuni Toshkentda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishadi. Yig‘in doirasida jamoamiz 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Dastlabki o‘yin 16 noyabr sanasida Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandik. Shuningdek, Srechko Katanets shogirdlarining 20 noyabr kungi raqibi ham ma’lum. Futbolchilarimiz Rossiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadilar.
Uchrashuv “Paxtakor” stadionida soat 17:00 da start oladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu ma’lumot ommaga tarqalgach, “Navbahor” klubi sobiq sobiq ustozi rossiyalik Andrey Kanchelskis Metaratings.ru portaliga o‘z fikrlarini bildirdi.
- Oson o‘yin bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Lekin endi, nazarimda, asosiy maqsad terma jamoaga nomzodlarni ko‘rib chiqish. Shuning uchun, natija tufayli jamoaga bosim qilmaslik darkor. Shuning uchun, albatta, har bir kishi o‘ziga berilgan imkoniyatni qadrlashi lozim.
Biz Rossiya terma jamoasiga nomzod yoshlarni qarashimiz kerak. Hozir ularni sinovdan o‘tkazish uchun yaxshi vaqt. Jamoada yoshlar ko‘proq bo‘lishini istardim. Bunday vaqtda turli eksperimentlarni o‘tkazish maqsadga muvofiq. Buni qanday qilish kerakligini jamoa hal etadi.
Albatta, O‘zbekiston terma jamoasiga qarash bellashuv qiziq bo‘ladi. Shuningdek, raqib tarkibida yaxshi futbolchilar ko‘p. Bizga juda qiyin bo‘ladi. Men u erda ishlaganman, bilaman, - dedi Andrey Kanchelskis Metaratings.ru nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Andrey Kanchelskis 2018-2020 yillar O‘zbekistonda faoliyat yuritgan va o‘sha mavsum "Navbahor" klubiga bosh murabbiylik qilgandi.
Fikrlar