Angliya eng qudratli uch klubi mundial kashfiyoti bilan muzokara boshladi

  • 09.07.2026 17:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti», «Liverpul» va «Arsenal» mutasaddilari  «Lill» tarbiyalanuvchisi Ayub Buaddini oʻz safiga qoʻshib olish boʻyicha muzokaralarni boshladi. 

Bu haqida Football Insider nashri xabar berdi. Manbaga koʻra, Angliya premyer-ligasi klublarining qiziqishi 18 yoshli futbolchining Marokash terma jamoasi tarkibida 2026 yildagi jahon chempionatida koʻrsatgan oʻyinlaridan soʻng keskin oshgan.

Maʼlumotlarga qaraganda, «Lill» rahbariyati oʻz iqtidorli futbolchisini sotishga tayyor, ammo faqat moliyaviy jihatdan yirik taklif kelib tushgan taqdirda. Shu bilan birga, ehtimoliy xaridorlar turli stsenariylarni koʻrib chiqmoqda: jumladan, Buaddini sotib olib, uni yana bir mavsumga «Lill» tarkibida ijara asosida qoldirish varianti ham muhokama qilinmoqda. 

Bu orqali yosh yarim himoyachiga Fransiya chempionatida yana tajriba toʻplash imkoniyati yaratilishi mumkin.

Ayub Buaddi 2025/2026 yildagi mavsumda barcha musobaqalar hisobga olingan holda 42 ta oʻyinda maydonga tushdi va bir bor golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!