
Angliya kubogi. "Everton" qiyinchilik bilan keyingi bosqichga chiqdi
Bundan biroz avval Angliya kubogining 3-raundidan o‘rin olgan “Everton” hamda “Roterxem” jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.
“Gudison Park”dagi o‘yinda quyi divizion vakili “irischilar”ga munosib qarshilik ko‘rsata oldi. O‘yinning asosiy bo‘limlari 1:1 hisobida durang bilan yakunlangach, hakam qo‘shimcha bo‘limlarni belgiladi. 93-daqiqada Abdulay Dukure tomonidan kiritilgan gol evaziga “Everton” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga chiqdi.
Fikrlar