
Angliya kubogi. "Liverpul"ning yoshlari "yondirib tashladi"
Angliya kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Liverpul" - "Sautgempton" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda "qizillar" 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dennsning dubli va Kaumasning goli Klopp shogirdlariga yirik g‘alabani taqdim etdi. E’tiborlisi, har ikki futbolchi ham endigina 18 yoshda.
Shu tariqa, mersisaydliklar Angliya kubogi chorak finaliga yo‘l oldi.
Fikrlar