
Angliya kubogi. "Manchester Siti"dan yana bir super kambek
Kecha Angliya kubogining chorak final bosqichida “Suonsi” o‘z maydonida “Manchester Siti”ni qabul qildi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
E’tiborlisi, maydon egalari uchrashuvda 2:0 hisobida oldinga chiqib olishgan edi. Shunga qaramay "shaharliklar" yana bir bor irod namoyish etishdi va g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dirib olishdi.
"Suonsi" – "Manchester Siti" - 2:3
Gollar: Graymz, 20 (penalti) - 1:0, Tselina, 29 - 2:0, Bernardu Silva, 69 - 2:1, Nordfeldt, 78 (avtogol) - 2:2, Aguero, 88 - 2:3.
"Suonsi": Nordfeldt, Roberts, Karter-Vikers, van der Xorn, Djeyms, Dayer (Asoro, 61), Rautledj, Bayers (Djon, 73), Tselina, Fulton (Xarris, 86), Graymz.
"Manchester Siti": Ederson, Laport, Otamendi, Uoker, Delf, Silva, Gyundogan, Marez (Aguero, 64), Bernardu Silva, Sane (Zinchenko, 57), Gabriel Jezus
Fikrlar