
Angliya kubogi. Yarim final juftliklari aniq bo‘ldi
Angliya kubogi chorak final bahslari o‘z nihoyasiga etdi.
"Manchester Siti" "Byornli"ni ayab o‘tirgan yo‘q. "Shaharliklar" raqib darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi. "Manchester Yunayted" esa o‘zi uchun qiyin o‘tgan bahsda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bundan tashqari, "Brayton" va "Sheffild" ham keyingi bosqichiga yo‘l oldi.
Yarim finalda "Manchester Siti" "Sheffild"ga, MYu "Brayton"ga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, ushbu bosqich o‘yinlari 22 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Final 3 iyunda o‘tkaziladi.
Fikrlar