
Angliya liga kubogi. Chorak finalga qur’a tashlandi
Angliya Liga kubogi nimchorak finali yakuniga etdi va ingliz mutasaddilari chorak finalda bir-biriga qarshi harakat qiluvchi juftliklarni ma’lum qildi.
Qur’aga ko‘ra, jamoalar quyidagi juftliklarni hosil qiladigan bo‘ldi.
"Stok Siti" - "Tottenxem"
"Brentford" - "Nyukasl"
"Arsenal" - "Manchester Siti"
"Everton" - "Manchester Yunayted"
Ushbu bellashuvlar 22 dekabr sanasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Uchrashuvlar boshlanish vaqtlari borasida Angliya futbol assotsiatsiyasi keyinroq to‘liq ma’lumot beradi.
Fikrlar