
Angliya terma jamoasi yana bir yulduzi muhim uchrashuv oldidan uyiga ketib qoldi
“Chelsi”dan Angliya terma jamoasiga taklif etilgan Rahim Sterling Qatardagi jahon chempionatidan Angliyaga qaytib ketdi.
Hujumkor futbolchi angliyaliklarning nimchorak finalda Senegalga qarshi o‘tkazgan uchrashuvida Rahim Sterlingning yo‘qligi ko‘pchilikni hayron qoldirdi.
Daily Telegraph nashri jurnalisti Mett Louning ma’lum qilishicha, futbolchi terma jamoa bilan Qatarda bo‘lib turgan paytda uning Londondagi uyida o‘g‘rilik sodir etilgan. Rahim Sterling oilasida xabar olish uchun yurtiga qaytib ketishga majbur bo‘lgan.
Mazkur uchrashuvda Angliya terma jamoasi senegalliklar ustidan 3:0 hisobida zafar quchdi va mundialdagi ishtirokini davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun avval “Arsenal” himoyachisi Ben Uayt oilaviy sabablarga ko‘ra, terma jamoani tashlab, uyiga qaytib ketgan edi.
Fikrlar