
Angliya termasi murabbiyi APL klublari yosh futbolchilarga imkon berishlaridan umid qilmoqda
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Angliya Premer-Ligasi klublari yangi mavsumda angliyalik yosh futbolchilarga imkon berishlariga umid qilmoqda.
“Har qanday holatda ham insonlarga imkoniyat berish kerak. Senda kuchli tizim bo‘lsayu, shogirdlaringga imkon bermasang, ular o‘sishga erisha olmaydilar.
Umid qilamanki, bu mavsum APL klublaridagi murabbiylar qo‘llari ostidagi yosh futbolchilar horijlik futbolchilardan kam joyi yo‘qligiga guvoh bo‘lishadi.
Ingliz futbolchilar APLda qancha ko‘p o‘ynasalar, murabbiylarda ham tanlash imkoniyati ko‘p bo‘ladi. Hozir butun boshli APLda 33 % futbolchi inglizdir. Bu boshqa ligalardagi ko‘rsatkichga nisbatan o‘ta pastdir. Biz bu muammoni bartaraf etishimiz kerak”, – deb aytib o‘tdi Sautgeyt.
Fikrlar