Angliyada penaltilar rekordi takrorlandi
Angliya Premer-ligasining 17-turidagi oxirgi uchrashuvda “Fulxem” futbolchilari “Nottingem Forest”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Mezbon jamoaga g‘alaba keltirgan yagona golni birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Raul Ximenem penaltidan kiritdi. Shu tariqa, meksikalik futbolchi Angliya Premer-ligasida o‘zi ijro etgan 11 ta penaltining barini darvoza to‘riga aniq joyladi. Bu rekord ko‘rsatkichning takrorlanishi sifatida qayd etildi.
Statistikaga ixtisoslashgan Opta tadqiqotlar markazi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, hozirgacha saqlanib turgan rekord “Manchester Siti”ning sobiq futbolchisi Yaya Turega tegishli bo‘lib, bu yarim himoyachi ham qatorasiga 11 marta 11 metrlik belgidan to‘p kirita olgan.
Endi Raul Ximenes chempionat davomida yana bir bor penaltidan samarali foydalana olsa mutlaq rekordchiga aylanadi.
34 yoshli Raul Ximanas Meksikaning “Amerika” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Evropadagi faoliyatini 2014 yili Ispaniyaning “Atletiko” jamoasi boshlab, keyinchalik Portugaliyaning “Portu” va Angliyaning “Vulverxempton” klublarida ham to‘p tepgan.
Tajribali hujumchi “Fulem”da 2023 yilning yozidan beri o‘ynayapti. Joriy mavsumda tajribali forvard barcha musobaqalarda 20 ta uchrashuv o‘tkazib, to‘rtta gol urdi hamda ikki marta golli uzatma berdi. Uning amaldagi shartnomasi shu mavsum oxirida yakunlanadi.
Fikrlar