Angliyaga qo‘yib yubormasangiz, katta janjal qilaman!
Marca nashri “Chelsi” mutasaddilari mohir himoyachi Jyul Kunde transferini “Sevilya” bilan hal qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.
Frantsiyalik futbolchining o‘zi anchadan beri Londonga yo‘l olmoqchi bo‘lyapti.
O‘tgan yozda Kunde “Chelsi”ga o‘tishga juda yaqin kelgandi. Biroq, “Sevilya” so‘nggi pallada uni qo‘yib yuborish fikridan qaytdi. Jyul klubning bu qarorida norozi bo‘lsa-da, maydonga tushib o‘z ishini qilishda davom etdi.
Manbaning ta’kidlashicha, Kunde ispan klubi xo‘jayinlari bu gal ham uning transferiga xalaqit qiladigan bo‘lsa, jaljal ko‘tarishini uqtirgan.
23 yoshli markaziy himoyachi 2019 yili “Bordo”dan 25 million evro evaziga “Sevilya”ga ko‘chib o‘tgandi. Uning amaldagi shartnomasi yana ikki yil davom etadi.
Joriy mavsumda barcha turnirlarda 28 marotaba maydonga tushgan o‘yinchi bittadan gol va assist muallifi bo‘lgan. Uning transfer summasi bir necha barobar oshib, bugungi kunda 60 million evroni tashkil qilmoqda.



Fikrlar