Angliyalik yulduz Shomurodov bilan birga o‘ynashga tayyor!

  • 16 avgust, 2021, 20:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumda “Roma” hujumida Eldor Shomurodov bilan birga “Chelsi” tarbiyalanuvchisi Temmi Abraxam o‘ynaydigan bo‘ldi.

Tecno

Rim klubi rahbariyati ushbu hujumchini Joze Mourino ixtiyoriga kelishga ko‘ndirdi va Temmi yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, ayni paytda Abraxam “Chelsi” va “Roma” transfer shartnomasining so‘nggi detallarini kelishib olishini kutmoqda. Shuningdek, futbolchi rimliklar bilan yangi shaxsiy kelishuvni imzolashga tayyorligini bildirgan.

“Roma” iste’dodli hujumchi uchun londonliklarga 40 million evro va bonuslar to‘laydi. Bu summa bir necha qismga bo‘lib to‘lanadi. Agar “Chelsi” Abraxamni ortga qaytarishga qaror qilsa, 2023 yilning yoziga qadar 65-80 million evro atrofida kompensatsiyasi to‘lashi kerak bo‘ladi.

Abraxam yangi jamoasida yiliga 5 million evro maosh olishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!