Angliyaning 6 grandi Vinisiusga ish berishga tayyor
Vinisius Juniorning “Real”dagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. Braziliyalik yulduzga yangi bosh murabbiy Xabi Alonsoning munosabati yoqmayapti. 25 yoshli futbolchi murabbiylar shtabi uni jamoaning eng asosiy figurasi sifatida ko‘rishini talab qilyapti.
O‘yinchi va bosh murabbiy o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyat “Qirollik klubini qat’iy choralar ko‘rishga majbur qilishi mumkin.
Vinisius o‘ziga munosabat qisqa fursatda tubdan o‘zgarmasa, klubdan ketishi aytdi va yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi.
“Real” xo‘jayinlari ham muammolar bartaraf etilmasa, qimmatbaho o‘yinchini 2026 yilning ikki transfer oynasidan birida sotib yuborishga tayyorligi aytilmoqda.
The Sun nashrining yozishicha, Angliya Premer-ligasining oltita etakchi jamoasi “Real”dagi vaziyatni kuzatib bormoqda. Agar madridliklar Vinisiusni sotib yuboradigan bo‘lsa, “Arsenal”, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Tottenxem” hujumchi uchun kurashni boshlaydi.

Fikrlar