
Anjelik Kerber Rimda uchinchi davraga chiqdi
Germaniyalik Anjelik Kerber "Internazionali BNL d'Italia" turnirining ikkinchi davrasida g‘alaba qozondi.
Kerber musobaqaning bu bosqichida ruminiyalik Irina-Kameliya Beguga qarshi kortga chiqib, 3:6, 7:5, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa Kerber Rimda o‘tayotgan turnirning uchinchi davrasida gretsiyalik Mariya Sakkariga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar