Ansu Fati yaqin kunlarda London grandlarining biriga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 30 avgust, 2023, 10:45
  • 0
  • Futbol

"Barselona" vingeri Ansu Fati joriy transfer oynasi tugagunga qadar jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchiga Londonning ikki klubi - "Chelsi" va "Tottenxem" faol qiziqish bildirmoqda. Ushbu kelishuv yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida amalga oshirilishi kutilmoqda.

2022/2023-yilgi mavsumda Fati “Barselona” safida barcha turnirlar doirasida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 35 million evroni tashkil qiladi.

Oldinroq yana bir vinger - Abdu Ezzalzuli "Barselona"ni tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!