APL. 16-turning ilk o‘yinida kambek amalga oshirildi
APL 16-turidan o‘rin olgan "Brentford" - "Uotford" o‘yini yakuniga etdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, mehmonlar futbolchisi Dennis 24-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 84-daqiqada Yansson muvozanatni tikladi. O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Mbemo jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
Ushbu natijadan so‘ng "Brentford" ochkolari sonini 20 taga etkazgan holda, 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 13 ochkosi bor "Uotford" esa 17-pog‘onani band etgan.



Fikrlar