
APL. "Arsenal"dan kutilgan g‘alaba, "Brayton" esa durang o‘ynadi
APLning 31-turidan o‘rin olgan ikkita bahs o‘z nihoyasiga etdi.
"Arsenal" o‘z maydonida "Luton"ni qabul qilib, 2:0 hisobida zafar quchdi. Gollardan birini Edegor urgan bo‘lsa, Hashioka o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
"Kanonirlar" mazkur o‘yindan keyin turnir jadvalida birinchi o‘ringa chiqib oldi. "Luton" esa 18-pog‘onada bormoqda.
"Arsenal" 2:0 "Luton"
"Brentford" - "Brayton" uchrashuvida hisob ochilmadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi. "Qarg‘alar" 9, londonliklar esa 15-o‘rindan joy oldi.
"Brentford" 0:0 "Brayton"
Fikrlar