APL. Bizni bu turda qanday bahslar kutib turibdi?

  • 20.02.2026 17:24
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 Ertaga Angliya Premier-ligasining 27-tur bahslariga start beriladi.

21 fevral

Angliya Premier-ligasining 27-tur o‘yinlari ham bizga qiziqarli o‘yinlarni taqdim etishi tabiiy. Ushbu turni ochib beradigan o‘yin "Villa park" stadionida bo‘lib o‘tadi. Maydon egasi "Aston Villa" klubi jadvalning 15-pog‘onasini band etib turgan "Lids"ga qarshi bahs olib boradi. Bu o‘yin bilan parallell tarzda "Brentford" - "Brayton" hamda "Chelsi" - "Börnli" uchrashuvlariga ham start beriladi. Bundan tashqari,  "Vest Xem" o‘z uyida "Bornmut"ga qarshi maydonga chiqadi. Abduqodir Husanov to‘p tepayotgan "Manchester Siti" kunning markaziy o‘yinida "Nyukasl" bilan kuch sinashadi. Kunning so‘nggi o‘yini va biz uchun muhim bahs tungi soat 01:00da boshlanadi.

22 fevral

Ikkinchi kungi bahslarni "Nottingem Forest" - "Liverpul" uchrashuvi boshlab beradi. O‘tgan turda "Arsenal"ning qo‘rqinchli tushiga aylangan, biroq ayni vaqtda autsayder maqomida bo‘lib turgan "Vulverxempton" klubi safarda "Kristal Pэlas" mehmoni bo‘ladi. Chempionat startini juda ishonchli boshlagan, ammo keyinchalik sustlashib qolgan "Sanderlend" o‘z maydonida "Fulxem" bilan bahs olib boradi. Turning markaziy o‘yini esa Londonda bo‘lib o‘tadi. "Tottenxem" - "Arsenal" o‘yini har qachon ham qiziqarli va jangovar ruhda o‘tadi. Bu safar ham biri chempionlik kurashida qatnashayotgan bo‘lsa, yana biri hech bo‘lmaganda Evrokuboklar yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda. Turni yakunlab beradigan o‘yinda "Everton" jamoasi so‘nggi 5ta uchrashuvning 4tasida g‘alaba va bittasida durang qayd etib, avvalgi shon-shuhratini tiklashga intilayotgan "Manchester Yunayted"ga qarshi maydonga tushadi.

Ayni vaqtda "Arsenal" Angliya Premier-ligasida 58 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!