
APL. “Chelsi” o‘z uyida qiyinchilik bilan "Uotford"ni engdi
Angliya chempionati 9-turida "Chelsi" jamoasi o‘z maydonida "Uotford" futbolchilarini qabul qildi.
Mazkur o‘yinda maydon egalari qiyinchilik bilan 4:2 hisobida zafar quchdi. G‘oliblar safida Pedro, Batshuayi (2 ta) va Aspilikueta gol urgan bo‘lsa, "Uotford"dan Dukure va Pereyra o‘z nomini tabloga yozdirdi.
Chelsi – Uotford 4:2 (1:1, 3:1)
Gollar: 1:0 – 12 Pedro, 1:1 – 45 Dukure, 1:2 – 49 Pereyra, 2:2 – 71 Batshuayi, 3:2 – 87 Aspilikueta, 4:2 – 90+5 Batshuayi
Chelsi – Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso (Villian, 68), Ryudiger, Pedro, Fabregas, Azar, Bakayoko, Aspilikueta, Morata (Batshuayi, 61).
Uotford – Gomes, Kabasele, Britos, Xolebas, Mariappa, Pereyra (Karrilo, 65), Kleverli, Risharlison, Dukure, Femeniya, Dini (Uotson, 80).
Ogohlantirishlar: Xolebas (12), Mariappa (19), Ryudiger (23), Morata (56), Femeniya (78).
Fikrlar