
APL klubi Koutinoni to‘liq sotib olmoqchi
Mavsumni "Aston Villa"da ijara asosida o‘tkazayotgan "Barselona" yarim himoyachisi Filipe Koutino ingliz klubining to‘laqonli a’zosiga aylanadi. Bu haqda jurnalist-insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu transfer braziliyalik futbolchi tomonidan to‘liq kelishilgan va u Birmingemda qolishga tayyor. Koutino jamoa bosh murabbiyi Stiven Jerrard qo‘l ostida o‘zini baxtli his qilmoqda.
O‘z navbatida ushbu transfer “Aston Villa”ga taxminan 20 million evroga tushishi va braziliyalik futbolchining keyingi sotuvining 50 foizini "Barsa"ga berilishi qayd etilgan.
Ma’lum qilinishicha, endi tomonlar to‘lov usulini kelishib olishlari kerak.
Fikrlar