APL. "Lester" "Everton"ga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotdi
Angliya Premer Ligasining 20-turidan o‘rin olgan "Everton" va "Lester" o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Uchrashuvning 30-daqiqasida Xames Rodriges mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 67-daqiqada Tilemans raqib darvozasini ishg‘ol etib, muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, ochkolar sonini 39taga etkazib olgan "tulkilar" 3-o‘rinda qoldi, Anchelotti shogirdlari esa 33 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. Mersisaydliklar hisobida yana ikkita zaxira o‘yin mavjud.



Fikrlar