
APL. "Manchester Siti" ishonchli, "Chelsi" esa irodali tarzda g‘alaba qozondi
APLning 19-turidan o‘rin olgan 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda "Chelsi" "Kristal Pelas"ni, "Manchester Siti" esa "Everton"ni mag‘lub qilgan bo‘lsa, "Brentford" o‘z maydonida "Vulverxempton"ga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.
"Chelsi" - "Kristal Pelas" o‘yinida dastlab Mudrik hisobni ochdi, taym so‘nggida Olise imkoniyatlarni tenglashtirgan bo‘lsa, 89-daqiqada Madueke g‘alaba golini urib ketdi.
"Everton" - "Manchester Siti" uchrashuvida esa mezbonlar birinchi bo‘lib gol urishga muvaffaq bo‘ldi, lekin Gvardiola shogirdlari bunga 3 marta javob qaytara oldi.
Shu tariqa, turnir jadvalida "shaharliklar" 4, "aristokratlar" esa 10-o‘ringa chiqib oldi. "Everton" 17, "Kristal Pelas" 15-pog‘onaga tushib ketdi.
Fikrlar